Mobirise Website Builder

Loyiha haqida

Qishloq xo‘jaligi vazirining joriy yilning boshida 86-sonli “Xonadonbay usulda bajariladigan ilmiy loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash hamda Sayxunobod tajribasini Respublikamizda keng joriy etish maqsadida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Xonadonbay usulda bajariladigan ilmiy loyihalar bo‘yicha Nizom talablariga muvofiq tanlovlar e’lon qilindi.

E’lon qiligan tanlovlar bo‘yicha Milliy makaz tizimidagi jami 12 ta ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan jami 108 ta ilmiy loyihalar ilmiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan.

Ilmiy ekspertiza ishchi guruhi tomonidan loyihalar ko‘rib chiqilib, eng dolzarb, bir mavsumda ikki yoki undan ortiq ekin ekish orqali ilmiy asoslangan holda aholi xonadonlarini daromadini oshirishga xizmat qiladigan 56 ta ilmiy loyihalar ilmiy ekspertizada yuqori baholangan va keyingi bosqichga tavsiya etilgan.

Aholini qo‘shimcha ish bilan ta’minlash maqsadida har bir honadonning 1 ta a’zosi loyiha ijrochisi sifatda ishga olingan. Har bir yo‘nalish bo‘yicha bajariladigan loyihalar aholi tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishga, bozorbop sabzavot, poliz mahsulotlarini еtishtirish hajmini va aholi daromadini oshirishga qaratilgan. Bunda ilm-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi ta’minlanib, seleksiya yutuqlari, ilg‘or agrotexnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etiladi.

Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda har bir viloyat hududi uchun mos bo‘lgan ekin turlari tanlab olindi. Yetishtirilgan mahsulotni sotish bo‘yicha bozor mexanizmlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Best AI Website Maker